O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir qator O‘zbekiston fuqarolari faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir qator O‘zbekiston fuqarolari faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

2015-yil 29-sentabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni e’lon qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

  • “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”;
  • “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”;
  • “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”;
  • “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”.

Shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim sohasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, o‘zbek xalqining madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni sog‘lom va barkamol voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qator o‘qituvchi va murabbiylar quyidagi medal va ordenlar bilan mukofotlandi:

  • “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni;
  • “Mehnat shuhrati” ordeni;
  • II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni;
  • “Do‘stlik” ordeni;
  • “Shuhrat” medali.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *